» » Shimoliy Koreya o‘z yadro dasturini bekor qilish uchun shartlarini yumshatdi

Shimoliy Koreya o‘z yadro dasturini bekor qilish uchun shartlarini yumshatdi


KXDR Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z sharti sifatida Janubiy Koreyadan amerikalik harbiylarning chiqarib ketilishini talab qilmaydi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Hozir yarim orol janubiga qariyb 28 ming nafar amerikalik askarlar joylashtirilgan. Mun ta’kidlashicha, amerikalik harbiylarning Janubiy Koreyadan chiqarib ketilishi haqidagi har qanday talab AQSh uchun nomaqbul bo‘lardi.

27-aprelga Shimoliy va Janubiy Koreyalar yetakchilari — Kim Chen In va Mun Chje Inning qurolsizlantirilgan hududdagi uchrashuvi rejalashtirilgan. KXDR yetakchisi va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuviga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda, u may oxiri — iyun boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют