» » Qonunchilik palatasi deputatlari Sergelidagi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi

Qonunchilik palatasi deputatlari Sergelidagi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi


2017-yilda poytaxtning Sergeli tumanida 102 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Mutasaddilarning ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda tumanda 120 ta ko‘p kvartirali uy-joy qurib, egalariga topshirish rejalashtirilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Sergeli tumanida bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zA.

Parlament quyi palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Pardayev boshchiligidagi deputatlar dastlab, qurilish shtabiga tashrif buyurdi. Deputatlar qurilish sxemasi, hudud xaritasi, uy-joy qurishda foydalaniladigan jihozlar, materiallar bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishdi. Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida aholi tomonidan o‘tgan yilgi topshirilgan yangi ko‘p kvartirali uy-joylar yuzasidan muammolar borligi yozilgan. Bu esa ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

“O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori o‘rinbosari Elyor Rizayevning qayd etishicha, uy-joy foydalanuvchilari murojaatiga asosan 2017-yilda topshirilgan uylarning metall eshigida nosozliklar aniqlangan. Eshiklarni bo‘yashda sifatsiz bo‘yoqlardan foydalanilgan. Shuningdek, eshik va romlarni o‘rnatishda kamchiliklar aniqlangan va barchasi bartaraf etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют