» » OAV: Turkiya o‘zining oltin zaxiralarini AQSh Federal rezervidan olib chiqib ketdi

OAV: Turkiya o‘zining oltin zaxiralarini AQSh Federal rezervidan olib chiqib ketdi


Turkiya Markaziy banki 2017-yil davomida respublikaning barcha oltin zaxiralarini AQSh Federal rezervidan olib chiqib ketdi. Bu haqda Hurriyet gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, AQShda saqlanayotgan oltin yombilari sonini qisqartirish qarori Anqaraning Vashington bilan bir qator mintaqaviy va ikki tomonlama mavzulardagi munosabatlarning yomonlashuvi fonida qabul qilingan.

Federal rezervdan oltinlarni tizimlashtirilgan tartibda olib chiqib ketish 2017-yilda boshlangan, o‘sha vaqtda AQShda 28,7 tonnaga yaqin qimmatbaho metall saqlangan.

2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Federal rezervida saqlangan Turkiyaning oltin zaxiralari 28 ming 689 kilogrammni tashkil etgan. Markaziy bank hisobotlarida keltirilishicha, mamlakat oltin zaxirasining umumiy hajmi 564,6 tonnani yoki 20 milliard dollar ekvivalentga teng.

Qo‘shma Shtatlardan olib chiqilgan oltin qisman Turkiyaga qaytarilgan va Yevropadagi, xususan, Buyuk Britaniyaning Markaziy banki va Shveysariyada Xalqaro hisob-kitoblar bankiga saqlashga topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют