» » Rasman: Arsen Venger mavsum yakunlangach “Arsenal”ni tark etadi

Rasman: Arsen Venger mavsum yakunlangach “Arsenal”ni tark etadi


Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

68 yoshli fransiyalik mutaxassis mavsum yakuniga yetgandan so‘ng London klubini tark etishini e’lon qildi.

Klub bilan uzoq muhokamalardan so‘ng chuqur o‘ylab, ketish vaqti kelganini his etdim. Mavsum yakuniga yetgach, “Arsenal”ni tark etaman. Men klub bilan uzoq va yodda qolarli damlarni boshimdan o‘tkazganimdan mamnunman. Jamoani fidoyilik va adolat bilan boshqardim.“ Arsenal” muxlislari klubning qadri uchun qayg‘uradi. Muhabbatim hamisha “Arsenal” bilan.

Arsen Venger, “Arsenal” bosh murabbiyi

Venger “Arsenal”da 1996-yildan buyon ishlab kelmoqda. 22 yillik faoliyati davomida Arsen “Arsenal” bilan barcha musobaqalar doirasida jami 1228 o‘yin o‘tkazdi. U uch marta Angliya chempioni, 7 bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Venger uch marta APLning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan, 4 marotaba esa Yevropada yil murabbiyi bo‘lgan. Angliya premyer ligasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U jamoasini bosh murabbiy sifatida APLning 823 o‘yinida maydonga boshlab tushgan. O‘yin o‘tkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha “Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyusonni (810) ham ortda qoldirishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют