» » Turkmaniston prezidenti 23?24-aprel kunlari O‘zbekistonga keladi

Turkmaniston prezidenti 23?24-aprel kunlari O‘zbekistonga keladi


Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.

Prezidentlarning poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal’a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют