» » O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi ro‘yxatdan o‘tkazildi


Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Shu munosabat bilan 19-aprel kuni vazirlik tomonidan O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovga tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlarning davr talablariga mos repertuarlarini shakllantirish, sahna ijodkorlariga qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashish hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют