» » O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi


20-aprel kuni Toshkentda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik vakillari ma’lum qildi.

Marosim doirasida tomonlar agentlik va Sharqshunoslik instituti hamkorligida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Marosimda buyuk alloma va mutafakkirlar asarlarini dunyo mamlakatlari bo‘ylab keng targ‘ib etish, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga, jahon hamjamiyatiga yetkazish va zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat rivojida undan samarali foydalanish hamda ulkan ma’naviy obida, madaniyat durdonasi bo‘lgan arab, fors, eski o‘zbek tili va boshqa sharq tillarida bitilgan qadimiy qo‘lyozmalar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni kitob holida chop etishni keng rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Hamkorlik doirasida agentlik institut bilan birgalikda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar, seminar-trening, davra suhbatlari, xalqaro grant loyihalari va boshqa tadbirlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют