» » Boshqirdistonlik erkak tomonidan o‘z onasini o‘ldirish uchun yollangan qotil singlisini ham o‘ldirib ketdi

Boshqirdistonlik erkak tomonidan o‘z onasini o‘ldirish uchun yollangan qotil singlisini ham o‘ldirib ketdi


Boshqirdistonning Sibay shahrida yashovchi erkak oilaviy biznesga ega chiqish istagida o‘z onasini o‘ldirishga qotil yolladi, biroq qotil erkakning jinoyatga guvoh bo‘lgan singlisini ham o‘ldirib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, hodisa Sibay shahrida 2017-yilning aprel oyida yuz bergan. 54 yoshli onasini o‘ldirishga buyurtma bergan erkak avval koloniyada jazo o‘tagan. U onasi tomonidan boshqariladigan oilaviy biznesga ega chiqish uchun qamoqda birga jazo o‘tagan sherigini onasini o‘ldirishga yollagan. Evaziga qotilga 200 ming rubl va’da qilgan.

Qotil erkakdan olgan kalit yordamida uning uyiga kirib, onasini kutgan. Uyga dastlab erkakning 29 yoshli singlisi kelgan, qotil uni o‘ldirib, tanasini yashirib qo‘ygan. Keyin esa onasini ham o‘ldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют