» » OAV: Tramp yana bir bor Britaniyaga tashrif buyurishga qaror qildi

OAV: Tramp yana bir bor Britaniyaga tashrif buyurishga qaror qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir bor Buyuk Britaniyaga ishchi tashrifni amalga oshirish haqida o‘ylamoqda. Avvalroq mamlakat prezidenti ushbu niyatidan qaytgan edi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika prezidenti tashrifni iyul oyining o‘rtalariga mo‘ljallamoqda va Britaniyada bir necha kun qolish niyatida. Taxminlarga ko‘ra, u mamlakat bosh vaziri Tereza Mey bilan, shuningdek, qirolicha Yelizaveta II yoki qirollik oilasining boshqa a’zolari bilan uchrashishi mumkin.

Tashrifning aniq sanasi hozircha noma’lum, biroq 11—12-iyul kunlar Tramp Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etadi. Prezident mazkur sammitdan keyin Londonga yo‘l olishi ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют