» » O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, uy-joyga ega bo‘lish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan minglab fuqarolar ko‘p yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etgan.

Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab bo‘ldi.

Fuqarolarga yer uchastkalarini uy-joy qurish uchun muayyan to‘lov evaziga noqonuniy berish yuzasidan fermer va dehqon ho‘jaliklarining til biriktirishi bo‘yicha ko‘plab holatlar mavjud. Natijada ushbu muammo butun respublika bo‘yicha ommaviy tus oldi va uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan, haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega bo‘lish va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi. Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab Prezidentning virtual qabulxonasiga 5 mingdan ortiq, deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘maklashish maqsadida:

Adliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

2019-yil 1-mayga qadar:

Mazkur farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi ushbu ob’ektga o‘z shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga quyidagi shartlar asosida:Ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa;

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bo‘lsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa e’tirof etiladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydigan aniq holatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi:

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyaning taqdimnomasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan;

Umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan;

Eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi;O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют