» » Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi, Sport-TV’dan esa jonli translyatsiya?

Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi, Sport-TV’dan esa jonli translyatsiya?


Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlarning professional ringdagi ikkinchi janglarini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazsa, Murodjon Ahmadaliyev esa ikkinchi jangida amerikalik Jorj Ruizga qarshi ringga chiqadi.

Ikkala jang ham ertaga, 22-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Janglar Toshkent vaqti bilan tong soat 06:00 da boshlanadi. Janglarga Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qiladi.

“Olamsport”ning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonlik ikkala bokschining jangi Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun G‘iyosovning raqibi Gabor Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10-mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

Ahmadaliyevning raqibi Jorj Ruiz esa bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.? Murodjon xuddi Shahram kabi 10-mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют