» » Sirdaryoda 200 qatnovga mo‘ljallangan markaziy poliklinika binosi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi

Sirdaryoda 200 qatnovga mo‘ljallangan markaziy poliklinika binosi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi


Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 30 o‘rinli yuqumli kasalliklar bo‘limi hamda 200 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binolari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

Bu yerda “Mehr nuri – Gulnora” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 5 milliard 200 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Eng zamonaviy loyiha va dizayn asosida barpo etilgan har ikki shifo maskani xorijda va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, yumshoq va qattiq mebel, dori-darmon va boshqa zarur inventarlar bilan jihozlandi.

Shifoxona va poliklinikada individual ko‘mir bilan isitishga mo‘ljallangan beshta universal moslama o‘rnatilgan. Toza ichimlik suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmog‘i benuqson ishlab turibdi. Laboratoriya 30 o‘rinli oshxona, zamonaviy kir yuvish xonasi bemorlarga qulaylik yaratmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют