» » Suriyada Checheniston teleradiokompaniyasi muxbiri otib o‘ldirildi

Suriyada Checheniston teleradiokompaniyasi muxbiri otib o‘ldirildi


Damashqda Chechenistonning “Grozniy” teleradiokompaniyasi muxbiri Ixab Balan halok bo‘ldi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Juma namozidan oldin Damashqda ‘Grozniy’ teleradiokompaniyasi shtatsiz muxbiri, Suriya fuqarosi Ixab Balan otib o‘ldirildi. ‘Iblis davlati’ terrorchilari Ahmad hoji Qodirov fondi bilan ham yaqindan hamkorlik qilgan eng tinch kasb egasi bo‘lgan yosh yigitni o‘ldirib, navbatdagi marotaba o‘zining haqiqiy qiyofasini ko‘rsatdi”, — deya yozuv qoldirdi Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Checheniston rahbari marhum jurnalistning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatilishi va qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют