» » Buxoroda fuqaroni qo‘rqitib, bir kunda 500 ming dollarni qo‘lga kiritgan “soxta DXXchilar” Qozonda ushlandi

Buxoroda fuqaroni qo‘rqitib, bir kunda 500 ming dollarni qo‘lga kiritgan “soxta DXXchilar” Qozonda ushlandi


Buxoro viloyatining Kogon shahrida 2018-yil 14-aprel kuni 1952-yilda tug‘ilgan A.O‘ljayev IIBga murojaat qilib, unda shu yil 13-aprel soat 21:30 larda noma’lum shaxslar davlat raqami aniqlanmagan Lacetti rusumli avtomashinada uning uyiga kelib, o‘zlarini DXX maxsus xizmati xodimlari deb tanishtirib, ulardan biri xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, unga nisbatan Toshkent shahrida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va tergov harakatlarini o‘tkazish uchun uni Toshkent shahriga olib borish kerakligini aytib qo‘rqitib, unga nisbatan tazyiq o‘tkazmaslik hamda ishni ijobiy tomonga hal qilib berishlik evaziga 1 million dollar berishligini talab qilganliklari, shundan so‘ng A.O‘ljayevning uyi oldida noma’lum shaxslar undan 500 ming dollarni tovlamachilik yo‘li bilan olib, voqea joyidan yashiringanliklari ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumani Dumliyon ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan B.Qosimov, Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi 46-uy 9-xonada yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan P.Gulyamov, shu ko‘cha 144-uy 14-xonada yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan S. Mahmudov, Samarqand shahri Spitamen ko‘chasi 97-uyda yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan M.Yusupov va Samarqand shahri H.Boyqaro ko‘chasi 53-uyda yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan A.Mamedov sodir etganliklari aniqlanib, B.Qosimov va P.Gulyamov ushlangan, S.Mahmudov, M.Yusupov va A.Mamedov Rossiyaning Qozon (Tatariston) shahrida qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют