» » Fransiya fuqaroligi eng ko‘p qadrlanadigan mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Fransiya fuqaroligi eng ko‘p qadrlanadigan mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi


2017-yil yakunlari bo‘yicha fuqaroligi eng ko‘p qadrlanadigan mamlakatlar ro‘yxatida Fransiya birinchi o‘rinni egalladi. Henley & Partners konsalting kompaniyasi e’lon qilgan press-relizda shu haqda so‘z boradi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida o‘tgan o‘tgan galgi peshqadam — Germaniya qayd etildi. Keyingi qatorlardan Islandiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya va Shvetsiya o‘rin oldi.

MDH davlatlari orasida Rossiya eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Davlatlar qator ko‘rsatkichlar, jumladan, iqtisodiyot ko‘lami, inson salohiyatining rivoji, jamoat tartibi va barqarorlik, shuningdek, boshqa mamlakatlarda vizasiz yashash va ishlash imkoniyati bo‘yicha baholandi.

Fuqaroligi eng qadrsiz davlatlar qatoriga Afg‘oniston va Somali kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют