» » Armaniston prezidenti Yerevandagi namoyishchilar oldiga chiqdi

Armaniston prezidenti Yerevandagi namoyishchilar oldiga chiqdi


Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan poytaxt Yerevanning Respublika maydonida bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishi ishtirokchilari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Meduza.

“Panarmenian.net” saytining qayd etishicha, u namoyishchilar yetakchisi — deputat Nikol Pashinyan bilan 10 daqiqacha muloqotda bo‘lgan, so‘ng ular “iliq xayrlashgan” va prezident jo‘nab ketgan.

Ular nima haqida gaplashgani hozircha noma’lum.

“O‘z avtomobili tomon yo‘nalarkan, prezident Sarkisyan jurnalistlardan birining tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadimi, qabilidagi savoliga: ‘Umid qilaman’, deya javob qaytardi”, — deb yozadi “Panarmenian.net”.

Yerevanda so‘nggi ikki haftadan beri Serj Sargsyanning bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda — Sargsyan so‘nggi 10 yil davomida mamlakatga prezidentlik qilgan. Namoyishchilar 17-aprel kuni bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan Sargsyanning iste’foga chiqarilishini talab qilmoqda.

Namoyishchilar Yerevandagi ko‘chalarni yopib qo‘ymoqda. Politsiya har kuni o‘nlab, ba’zan yuzlab odamlarni qo‘lga olmoqda. 21-aprel kuni namoyishlarning koordinatorlaridan biri Armen Grigoryanga ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarish ayblovi ilgari surildi.

Sargsyanning prezidentlik davrida Armaniston prezidentlik respublikasi edi, biroq 2015-yili konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazilgan bo‘lib, endi mamlakatning amaldagi rahbari bosh vazir hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют