» » Moskva shahri va viloyatidagi bo‘ron oqibatida odamlar halok bo‘ldi

Moskva shahri va viloyatidagi bo‘ron oqibatida odamlar halok bo‘ldi


Moskvada 21-aprel kuni kuzatilgan bo‘ron oqibatida bola halok bo‘ldi, yana 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda, Moskva meri Sergey Sobyaninga asoslanib, Meduza xabar berdi.

“Shifokorlar o‘ta og‘ir ahvoldagi qizaloqni qutqarib qolishning uddasidan chiqa olmadi”, — deya ma’lum qildi shahar rahbari.

“Interfaks” axborotiga ko‘ra, Moskva viloyatining Mitishchi shahrida shamol qurilish buyumlarining uchirib tashlashi oqibatida bir erkak halok bo‘lgan.

21-aprel kuni Moskva shahri va viloyatida bo‘ron xavfi e’lon qilingan edi. Kechga tomon havo harorati keskin sovishi, ho‘l qor yog‘ishi kutilayotgan edi.

Shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazidan ma’lum qilishlaricha, shamol vaqti tom bo‘lagining uchib tushishi oqibatida Sadoviy halqa yo‘lining tashqi tomonida harakat to‘xtatilgan. Izmaylovskiy shossesida esa yo‘lga ag‘anagan daraxtlar sabab harakat to‘xtagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют