» » Xitoyda ikki “ajdarho” qayig‘ining to‘qnashuvidan so‘ng 11 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda ikki “ajdarho” qayig‘ining to‘qnashuvidan so‘ng 11 kishi halok bo‘ldi


Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor tumanidan oqib o‘tuvchi daryoda ikki “ajdarho” qayig‘ining to‘qnashuvi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi bedarak yo‘qolgan, deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Voqea 21-aprel, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 13:40 atrofida yuz bergan. Yoz bayrami (“Duanyu” bayrami) kuni o‘tkaziladigan “ajdarho” qayiqlari poygasiga tayyorgarlik vaqtida ikki qayiq boshqaruvni yo‘qotgan.

To‘qnashuvdan so‘ng 57 kishi suvga tushib ketgan, ulardan 40 nafarini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan (ba’zilar o‘zi mustaqil ravishda sohilgacha suzib borishga erishgan).

Ma’lum bo‘lishicha, poyga tashkilotchilari ushbu tayyorgarlik tadbiri haqida mahalliy huquq-tartibot organlari va shoshilinch xizmatlarni oldindan ogohlantirmagan bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda tashkilotchilardan ikki kishi hibsga olingani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют