» » Ra’no Shodiyeva Xorazmda maktab o‘quvchilari bilan ijodiy muloqot o‘tkazdi (foto)

Ra’no Shodiyeva Xorazmda maktab o‘quvchilari bilan ijodiy muloqot o‘tkazdi (foto)


19-aprel kuni Yoshlar ittifoqining Imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Ra’no Shodiyeva hamda Yosh ijodkorlar Kengashi raisi Mehrinoz Abbosova Shovot tumanidagi 1-sonli maktabning o‘quvchilari bilan ijodiy muloqot o‘kazdi. Bu haqda ittifoq rahbari Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasi orqali xabar berildi.

Uchrashuv samimiy suhbatdan boshlandi. Maktab o‘quvchilari o‘zlarining qiziqishlari haqida gapirib berdi. O‘quvchilarning matematika, fizika, ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi mehmonlarni quvontirdi.

— Biz Og‘abekni kashf etdik. 6-sinf o‘quvchisining urush haqida yozgan she’rlaridan shuni angladimki, hayotda maqsadsiz yashashga haqqimiz yo‘q. Mana shu hisni anglab yetganingiz uchun tashakkur, — dedi Mehrinoz Abbosova muloqot davomida.

Maktab o‘quvchilari o‘zlarining yozgan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi. Faol ishtirokchilarga mehmonlarning maxsus sovg‘alari taqdim etildi. O‘quvchilarning quvonchi cheksiz.

Shundan so‘ng, Ra’no Shodiyeva Urganch shahridagi 96-sonli maktab-internatiga, Mehrinoz Abbosova esa Yoshlar markazida o‘tkazilishi kutilayotgan ijodiy uchrashuvga yo‘l oldi.

Ijodiy uchrashuvda xorazmlik yosh ijodkor Hulkar Rajabovaning she’rlarini tinglagan M.Abbosova uning ilk she’riy kitobini nashrdan chiqarishga va’da berdi.

— Ko‘zlaringizdagi, she’rlaringizdagi samimiylikni ko‘rib hayratda qoldim. Ayniqsa, kitobga bergan tashbehingiz xotiramda qoladi. Sizning ilk kitobingizni Yosh ijodkorlar kengashi nashr qiladi, — dedi M.Abbosova.

Suhbat davomida Rahmat Bobojon taxallusi ostida ijod qiluvchi o‘quvchining ham hikoyalar va she’rlar to‘plami nashrdan chiqarilishiga kelishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют