» » Rossiyada Huawei Y9 smartfoni taqdim etildi

Rossiyada Huawei Y9 smartfoni taqdim etildi


Rossiyada Huawei Y9 hamyonbop smartfoni taqdim etildi. Smartfon 5,93 dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan. Bu haqda “Hi-tech Mail.Ru” xabar berdi.

Huawei Y9 ning korpusi metalldan ishlangan, barmoq izini oluvchi skaner esa orqa tomonga joylashtirilgan, chunki old tomonda uning uchun kam joy qolgan. Barmoq izi skaneriga o‘rindosh sifatida yuzni tanish imkoniyati qo‘shilgan. Asosiy kamera 13 va 2 megapikselli qo‘sh modulga ega, old kamera esa 8 va 2 megapikselli.

Smartfon sakkiz yadroli Kirin 659 protsessorida ishlaydi, tezkor xotirasi uch gigabaytga, doimiy xotira esa 32 gigabaytga teng. Qurilmaga ikkita SIM karta joylashadi yoki ulardan birining o‘rniga 256 gigabaytgacha bo‘lgan microSD joylashtirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют