» » O‘zbekistonlik xokkeychilar Dubaydagi katta xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik xokkeychilar Dubaydagi katta xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi (foto)


Xokkey bo‘yicha Toshkentning “Binokor” jamoasi Dubaydagi xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

23 davlatdan 23 ta jamoa qatnashgan musobaqada O‘zbekiston jamoasi final bahsida Rossiyaning “Moskva pingvinlari” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

“Binokor” jamoasi musobaqani A guruhida boshladi. Guruhda Shvetsiya, Finlyandiya va Rossiya jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Uchta uchrashuvning 2 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lishsa, 1 tasida durang qayt etishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Alisher Azimovning ta’kidlashicha, o‘zbek jamoalari ilk bor bunday katta musobaqa g‘olib bo‘ldi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoa tarkibida 18-20 yoshli yigitlar harakat qilgan va haqli tarzda musobaqada g‘olib chiqishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют