» » YHXB xodimlari noto‘g‘ri parkovka qilingan mashinalarni fotosuratda qayd etib boradi

YHXB xodimlari noto‘g‘ri parkovka qilingan mashinalarni fotosuratda qayd etib boradi


Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi taqiqlash belgisi ostida va to‘xtab turish taqiqlangan joylarda mashina parkovka qilgan haydovchilarga qarshi kurashishning yangi amaliyotini joriy etadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, YHXB boshlig‘i Barat Mamenovning so‘zlariga qaraganda, xalqaro tajribani o‘rganish asosida inspektorlarga noto‘g‘ri parkovka qilingan mashinalarni fotosuratda qayd etish huquqini taqdim etishga qaror qilindi.

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 6-izohi taqiqlangan yerlarda to‘xtab turishni jazolash ko‘zda tutilgan. Hozir bunday huquqbuzarlikni aniqlashning mobil muxbir yoki Telegram-bot shaklidagi yangi varianti taklif etilmoqda, bunda nafaqat fuqarolar, balki xodimlar ham huquqbuzarlikni qayd etib, fotoni markaz kompyuteriga yuborishi mumkin bo‘ladi”, — dedi u.

Mamenovning qo‘shimcha qilishicha, huquqbuzarlik qayd etilgan fotosurat kompyuterdagi ma’lumotlar bazasiga tushgach, bayonnoma rasmiylashtiriladi, avtomobil egasiga esa pochta orqali jarima haqida ogohlantirish kelib tushadi.

Bunday avtomobillarni evakuatsiya qilish esa faqatgina ular yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit berganida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют