» » O‘zbekiston kursantlari xalqaro olimpiadada uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston kursantlari xalqaro olimpiadada uchinchi o‘rinni egalladi


16–20-aprel kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xalqaro olimpiadaning informatika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahslarda al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti kursantlaridan iborat jamoa faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kursantlar 21-aprel kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda kursantlarning ustozlari, kursdoshlari va ota-onalar ishtirok etdi.

Birinchi o‘rin Rossiya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Belarus harbiylari egalladi. G‘olib va sovrindorlar kubok, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kursantlar o‘rtasidagi xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari (harbiy tarix bo‘yicha) 23–27-aprel kunlari Belarus harbiy akademiyasida bo‘lib o‘tadi. Unda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют