» » Angliya kubogi. “Chelsi” “Sautgempton”dan ustun keldi, endi “aristokratlar” finalda “Manchester Yunayted” bilan o‘ynaydi (video)

Angliya kubogi. “Chelsi” “Sautgempton”dan ustun keldi, endi “aristokratlar” finalda “Manchester Yunayted” bilan o‘ynaydi (video)


Bugun, 22-aprel sanasida Angliya kubogi yarim finalilining ikkinchi juftligida “Chelsi” “Sautgempton”ga qarshi maydonga tushdi.

“Chelsi” har ikkala bo‘limda bittadan gol urgan holda finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Aristokratlar” safida gollarga Olivye Jiru va Alvaro Morata mualliflik qildi.

Endi “Chelsi” kecha “Tottenhem”ni mag‘lub etib, finalga chiqqan “Manchester Yunayted”ga qarshi kubok uchun kurashadi.

Final uchrashuvi 19-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya kubogi

1/2 final bellashuvi

22-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 – 46 Jiru, 2:0 – 82 Morata.

“Chelsi”: Kabalyero, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Villian (Bakayoko, 64), Fabregas (Pedro, 76), Azar, Kante, Emerson, Jiru (Morata, 80).

“Sautgempton”: Makkarti, Yosida, Bednarek (Gabbyadini, 78), Bertrand, Xudt, Romeu, Lemina, Xeybyerg (Tadich, 63), Soaresh, Ostin, Long (Redmond, 63).

Ogohlantirishlar: Yosida (40), Romeu (50), Lemina (55), Xudt (65).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют