» » APLda gollar shousi. “Arsenal” “Vest Hem” darvozasiga 4 ta gol urdi, “Manchester Siti” esa chempionlikni 5 ta gol bilan nishonladi (video)

APLda gollar shousi. “Arsenal” “Vest Hem” darvozasiga 4 ta gol urdi, “Manchester Siti” esa chempionlikni 5 ta gol bilan nishonladi (video)


Angliya premyer ligasi 35-turi doirasida bugun, 22-aprel sanasida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ularda biri Londonda “Arsenal” hamda “Vest Hem” jamoalari o‘rtasida kechdi. London derbisi maqomini olgan mazkur uchrashuvda o‘yin taqdiri ikkinchi bo‘limga kelibgina hal etildi. 51-daqiqada Nacho Monreal hisobni ochgan bo‘lsa, “Vest Hem” oradan 13-daqiqa o‘tib, Marko Arnautovichning goli bilan muvozanatni tikladi. Ammo “Arsenal”ni 82-daqiqa kiritgan golidan keyin to‘xtatib qolishning ilojisi bo‘lmadi. “Kanonirlar” 7 daqiqa ichida mehmonlar darvozasini 3 bor ishg‘ol etib, yirik hisobdagi g‘alabni tantana qilishdi.

“Stok Siti” “Byornli” o‘rtasidagi uchrashuvda esa 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘tgan turda APL chempionligini qo‘lga kiritgan Xosep Gvardiola shogirdlari o‘z maydonida “Suonsi Siti”ni qabul qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa “Manchester Siti” chempionlikni g‘alaba bilan nishonladi.

Angliya premyer ligasi

35-tur bellashuvlari

22-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 – 51 Monreal, 1:1 – 64 Arnautovich, 2:1 – 82 Remzi, 3:1 – 85 Lyakazett, 4:1 – 89 Lyakazett.

Gollar: 1:0 – 11 Ndiaye, 1:1 – 62 Barns.

Gollar: 1:0 – 12 Silva, 2:0 – 16 Sterling, 3:0 – 54 de Bryuyne, 4:0 – 64 Bernardu Silva, 5:0 – 88 Gabriel Jezus.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют