» » Turkmaniston prezidenti Toshkentga tashrifi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda

Turkmaniston prezidenti Toshkentga tashrifi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda


Bugun, 23-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Prezidentning Facebook’dagi sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri translayatsiya qilinmoqda.

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.

Prezidentlarning poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal’a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют