» » O‘zbekiston Jahon fuqarolik indeksida 117-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Jahon fuqarolik indeksida 117-o‘rinni egalladi


The Henley & Partners kompaniyasi yangilangan Jahon fuqarolik indeksi (Quality of Nationality Index — QNI)ni e’lon qildi, deb yozadi “Anhor.uz”. Unda turli mamlakatlar fuqaroliklariga baho beriladi.

Fuqarolik reytingida Fransiya yetakchi bo‘ldi (81,7%), undan keyin Germaniya joylashdi. Eng yaxshi fuqarolik indeksiga ega davlatlar o‘nligiga Islandiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Italiya, Irlandiya, Shveysariya va Avstriya kirdi.

Eng yomon fuqarolik ko‘rsatkichlariga ega mamlakatlar Afg‘oniston va Somali bo‘ldi.

MDH mintaqasida eng yaxshi natija Rossiyaga tegishli — 63-o‘rin. 2017-yilda Rossiya fuqaroligi qimmatliligi 40,5 foizni tashkil qildi, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 0,8 foizga ko‘p demakdir. Qozog‘iston 33,4 foiz bilan 91-o‘rinda, Qirg‘iziston (28,4%) — 109-o‘rinda, O‘zbekiston esa (27,2%) — 117-o‘rinda joylashdi. Tojikiston esa 25,6 foiz ko‘rsatkich bilan reytingning 126-o‘rnini egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют