» » Muhammad Saloh Angliyada yilning eng yaxshi o‘yinchisi, Leroy Sane esa eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘ldi

Muhammad Saloh Angliyada yilning eng yaxshi o‘yinchisi, Leroy Sane esa eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘ldi


“Liverpul”ning misrlik yarim himoyachisi Muhammad Saloh Professional futbolchilar Assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

APLning amaldagi mavsumida Saloh 33 uchrashuvda maydonga tushib, 31 gol urgan va 10 golli uzatmani amalga oshirgan.

“Bu men uchun katta sharaf. O‘zimni baxtiyor his qilyapman. Butun mavsum davomida qattiq mehnat qildim. Bu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritganimdan judayam xursandman”, — deydi Saloh taqdirlash marosimidan so‘ng.

Ushbu sovrin uchun Salohdan tashqari Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”), David de Xea (“Manchester Yunayted”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Leroy Sane (“Manchester Siti”) va David Silva (“Manchester Siti”) ham da’vogarlik qilgandi.

Shuningdek, Leroy Sane ushbu mavsum APLning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga atalgan sovrinni qabul qilib oldi.

22 yoshli germaniyalik futbolchidan tashqari ushbu sovringa Ederson (“Manchester Siti”), Rayan Sessenyon (“Fulxem”), Raxim Sterling (“Manchester Siti”), Harri Keyn (“Tottenhem”) va Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) da’vogarlik qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют