» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” meva-sabzavot eksport qilayotganlar uchun 50 foizli chegirma e’lon qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” meva-sabzavot eksport qilayotganlar uchun 50 foizli chegirma e’lon qildi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirayotganlar uchun chegirmalar e’lon qildi.

Ular quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston hududida yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar hamda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo‘nalishida tashilganida 50 foizlik chegirma qo‘llanadi. Chegaradosh temir yo‘l bekatlaridan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan temir yo‘l bekatlaridan refrijerator seksiyalarda tashilganida qo‘shimcha 30 foizlik chegirma taqdim etiladi;

Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonda yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar, kartoshka va tovuq go‘shti olib o‘tish uchun tranzit tashuvlarida 50 foiz chegirma qo‘llanilishi tartibi o‘rnatilgan;

Rossiya hududiga yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar refrijerator vagonlarda olib kirilganda Rossiya davlati tomonidan 50 foizlik chegirma qo‘llanadi.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida batafsil ma’lumotlar olish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mintaqaviy temir yo‘l uzellari tarkibida maxsus bo‘linmalar tashkil etildi.

Mazkur chegirmalarning taqdim etilishi “O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” unitar korxonasi orqali amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют