» » “Spartak” (Yurmala) bosh murabbiyligidan ketgan Samvel Babayan klubning texnik direktori lavozimiga tayinlandi

“Spartak” (Yurmala) bosh murabbiyligidan ketgan Samvel Babayan klubning texnik direktori lavozimiga tayinlandi


Biroz avval Latviya chempionatining so‘nggi ikki yildagi chempioni – Yurmalaning “Spartak” klubini endi rossiyalik 46 yoshli mutaxassis Aleksandr Grishin boshqarishi va shu vaqtga qadar klub bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan o‘zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan UYeFA murabbiylik litsenziyasiga ega bo‘lmagani uchun, o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Samvel Babayan klub tizimida qoladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, Babayan klubda texnik direktor lavozimida faoilyatini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan O‘FF (Hozirda O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekistonda futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi.

Samvel Babayan, shuningdek, endilikda O‘zbekiston futboliga ham qayta olmaydi, qaytsa ham futbolga aloqador bo‘lgan sohalarda ishlay olmaydi. Chunki yaqinda O‘FA 1-prezidenti Umid Ahmadjonov Babayanning kechirilmasligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют