» » O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qayd etilganidek, bugungi kunda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish mexanizmlarini zamonaviy moliyaviy siyosat konsepsiyalari asosida takomillashtirib borish, jamg‘arma mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq. Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi vakillari yuqorida qayd etilgan Qonunning 37-moddasi, ya’ni ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlarini ko‘rib chiqish masalasini ilgari surdi.

Deputatlar nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollarning ish stajiga, bolaga qaragan yillarini qo‘shish taklifini bildirdi.

Shuningdek, parlament a’zolari mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq muammolar, chunonchi, xorijda ishlayotgan fuqarolarning pensiya yoshiga yetganda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishdagi nomuvofiqliklar, bu bo‘yicha yurtimizda aniq mexanizm mavjud emasligiga e’tibor qaratdi. Buning uchun deputatlar fuqarolarning pensiyaga oid huquqlarini amalga oshirish maqsadida ushbu yo‘nalishda hukumatlararo kelishuvni ko‘rib chiqishni taklif qildilar.

Davra suhbatida pensiya va nafaqalar tayinlash uchun arizalarni hisobga olishning elektron shakliga o‘tish, bunda qog‘oz shaklidagi qayd etish kitoblarini bekor qilish, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda har oyning 27-sanasiga qadar to‘liq yetkazib berish ustidan doimiy monitoring olib borish ishlari yuzasidan qizg‘in fikr almashildi.

Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti mutaxassislari bilan birgalikda mazkur sohadagi xalqaro tajriba o‘rganilgani, bu tizimdagi qonunchilik bazasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Yakunda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, arxivlar faoliyatini yanada rivojlantirish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 3,3 million nafardan ziyod fuqarolar pensiya va nafaqa oladi. 2017-yilda pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun jami 16,6 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ moliyalashtirilgan bo‘lib, bu davlat budjeti jami xarajatlarining o‘rtacha uchdan bir qismini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют