» » Arab koalitsiyasi Yamanda to‘y nishonlanayotgan xonadonga zarba berdi. 20 kishi halok bo‘ldi

Arab koalitsiyasi Yamanda to‘y nishonlanayotgan xonadonga zarba berdi. 20 kishi halok bo‘ldi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiya aviatsiyasi zarbalari oqibatida Yaman shimoli-g‘arbida kamida 20 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, yana 40 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Al Masirah telekanaliga ko‘ra, hodisa Haj viloyatida ro‘y berdi. Snaryadlar to‘y marosimi o‘tkazilayotgan uyga kelib tushdi.

Zarbalardan biroz avval isyonchi-xusiylar Saudiya Arabistoni tomonga ikki raketa uchirgandi. Podshohlik havo hujumidan kuchlari bir raketani tutib qolgani va yo‘q qilgani, ikkinchisi esa sahroga kelib tushgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют