» » 24-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

24-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi


24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 15—17, kunduzi 28—30 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10—15, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 13—18, kunduzi 22—27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.   Kechasi 13—18, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 17—22, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 17—22, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10—15, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 7—12, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют