» » Davlat xizmatlari makazlariga o‘tgan haftada salkam 70 000 ta murojaat kelib tushdi

Davlat xizmatlari makazlariga o‘tgan haftada salkam 70 000 ta murojaat kelib tushdi


Davlat xizmatlari makazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga jami 69 918 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi, deb xabar beradi Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Eng talabgor xizmat barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish xizmati bo‘ldi. Ushbu xizmatni ko‘rsatish bo‘yicha jami 31 480 ta murojaat kelib tushdi.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha ariza berish xizmati orqali jami 22 460 nafar bolalar maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirildi (hisobga olindi).

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlaridan foydalangan jismoniy va yuridik shaxslar Farg‘ona (10 977), Samarqand (7737), Namangan (6227) viloyatlarida ko‘pchilikni tashkil etdi. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo (1652 ta) viloyatiga tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют