» » Toshkent xalqaro Vestminster universitetida “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi

Toshkent xalqaro Vestminster universitetida “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi


Toshkent xalqaro Vestminster universitetida an’anaviy “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Universitet talabalari, bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga yordamlashish hamda turli tashkilotlar uchun istiqbolli kadrlar topishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda vazirliklar, turli davlat idoralari hamda 80 ga yaqin mahalliy va xorijiy tashkilot, kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tarixi, o‘quv yo‘nalishlari, talabalar salohiyati haqida ma’lumot berildi. Talabalar “Qanday qilib eng daromadli aksiyalarni aniqlash mumkin?”, “Ayol tadbirkorligini belgilovchi omillar: Markaziy Osiyodagi vaziyat” kabi mavzularda ma’ruzalar qildi, ishtirokchilarga turli anketalar tarqatilib, fikrlar o‘rganildi.

Karyera kuni davomida talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tashkil etildi. Talabalar iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari, bank sohasi, marketing, audit kabi soha vakillaridan kerakli maslahatlar oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют