» » Qozog‘istonning Korday tumanidagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadi Farg‘onaga olib kelindi

Qozog‘istonning Korday tumanidagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadi Farg‘onaga olib kelindi


Avval ma’lum qilganimizdek, joriy yil 21-aprel kuni Qozog‘istonning Jambul viloyati, Korday tumani hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlandi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

23-aprel kuni soat 6:00 da O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi vakili boshchiligida 2 kishining jasadi va 5 nafar jabrdiyda O‘zbekistonga olib kelindi.

Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara postida ularni kutib olish tashkillashtirildi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari vakillarining kuzatuvi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus transportida halok bo‘lganlar jasadi Farg‘ona viloyatiga yetkazilib, yaqin qarindoshlariga topshirildi.

5 nafar jarohat olgan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga davolanish uchun joylashtirildi.

Hozirda yana ikki kishi — 1987-yilda tug‘ilgan Davlat Madatov va 1994-yilda tug‘ilgan Baxtiyor Xolmirzayevga Qozog‘istonning Korday tumanidagi markaziy shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют