» » O‘FA hakam Olim Tolibjonovni Pro-Liga o‘yinlaridan noma’lum muddatga chetlashtirdi. Bu unga berilgan birinchi jazo emas

O‘FA hakam Olim Tolibjonovni Pro-Liga o‘yinlaridan noma’lum muddatga chetlashtirdi. Bu unga berilgan birinchi jazo emas


O‘FA hakam Olim Tolibjonovni Pro-Liga o‘yinlaridan noma’lum muddatga chetlashtirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Olim Tolibjonov Pro-liganing 3-tur doirasida “G‘ijduvon” – “Iftixor” uchrashuvini boshqargan. Uning o‘yinlardan chetlatilishiga mazkur bellashuvdagi harakatlari uchrashuv nazoratchi hakami Shamil Jumayev tomonidan yana 2 ballga (“4”) baholanishi sabab bo‘lgan.

O‘yin nazoratchi hakamining bildirgisiga binoan Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi ushbu masalani o‘rganib chiqdi va “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan qaror chiqardi. Unga ko‘ra, Olimjon Tolibjonov noma’lum muddatga Pro-Liga o‘yinlaridan chetlashtirildi.

Bu Olim Tolibjonovning birinchi marta o‘yinlarda chetlatilishi emas. O‘tgan mavsumda Tolibjonov “Sho‘rtan” – “Navbahor” uchrashuvini boshqarib, yakunda nazoratchi Alisher Abdullayev tomonidan qoniqarsiz (4,0) baho olgan. Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi qaroriga binoan O‘zbekiston chempionati, birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari doirasidagi 10 ta o‘yinga chetlatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют