» » Ukraina Rossiya kemalarining mamlakat ichki suvlariga kirishini taqiqlashga qaror qildi

Ukraina Rossiya kemalarining mamlakat ichki suvlariga kirishini taqiqlashga qaror qildi


Ukraina rasmiylari Rossiya kemalarining mamlakatning ichki suv yo‘llariga kirishiga nisbatan taqiq joriy etilishiga erishish niyatida. Infratuzilma vazirligi tegishli murojaat bilan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda boshqarma saytidagi xabarda so‘z yuritiladi, deb yozadi “RBK”.

Xabarda Ukraina infratuzilma vazirligi terrorchilik tahdidlarining yuqori darajasi tufayli Rossiya kemalarining Ukraina ichki suv yo‘llariga kirishiga taqiq yuzasidan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga murojaat qilishi ma’lum qilingan.

“Rossiya Federatsiyasi tomonidan tajovuz mavjud bo‘lgan vaqtda infratuzilma obyektlari joylashgan Ukraina daryolari bo‘ylab Rossiya kemalarining yurishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz Rossiya kemalarining Ukraina daryolarida harakatlanishiga taqiq joriy etilishi tashabbusi bilan chiqamiz”, — deydi vazirlik rahbari o‘rinbosari Yuriy Lavrenyuk.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют