» » Zaif eshituvchi o‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

Zaif eshituvchi o‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi


O‘zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun kecha, 23-aprel tunida Janubiy Koreyaga yo‘l oldi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Janubiy Koreyaning Changvun shahrida 23-apreldan 6-mayga qadar 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil Tailandda Jahon chempionligiga erishgan O‘zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi endi Osiyo chempionligi uchun kurashadi.

Murodjon Ahmedov boshchiligida Toshkentda 12-apreldan yig‘inga kirishgan terma jamoaga O‘FA tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, terma jamoasi a’zolari uchun tashkilot tomonidan sport ekipirovkalari taqdim etildi.

Janubiy Koreya vizasi bilan bog‘liq masalalar hal qilingan holda, Toshkent—Seul—Changvun yo‘nalishi bo‘ylab aviachiptalar xarid qilindi. Terma jamoa a’zolari “Chig‘atoy” sport bazasida yashab, “Bunyodkor” stadionida ikki mahal mashg‘ulot olib bordi, deyiladi xabarda.

4-Osiyo chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ro‘yxati:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют