» » Turkiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-apreldan 3-may sanasiga qadar O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda Buxoro shahrini ziyorat qiladi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi investitsiya sohasi bo‘lishi aytilmoqda. Xususan, O‘zbekiston va Turkiya turizm, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati, tekstil sanoati, kimyo va tog‘-metallurgiya sektorlariga investitsiya yo‘naltirish masalalarini muhokama qiladi.

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng Janubiy Koreyaga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют