» » Shomahmudovlar oilasi haykali 10 yildan so‘ng yana eski joyiga ko‘chiriladi

Shomahmudovlar oilasi haykali 10 yildan so‘ng yana eski joyiga ko‘chiriladi


2008-yilda Xalqlar do‘stligi maydonidan Toshkentning chekka qismiga ko‘chirilgan Shomahmudovlar oilasi haykali yana eski joyiga ko‘chiriladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Xalqlar do‘stligi ramzi bo‘lgan ushbu monument 2017-yilning may oyida Xalqlar do‘stligi (sobiq Bobur bog‘i) bog‘iga o‘rnatilgan edi.

“Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning ‘Yego velichestvo Chelovek’ romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning ‘Sen yetim emassan’ kinofilmi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latish, tatar, qozoq millatlariga mansub bolalar bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2018-yilning 23-aprel kunidan “Istiqlol” san’at saroyi maydonida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan. Tez kunlarda Shomahmudovlar oilasi jamlangan haykal ushbu maydonda qad ko‘taradi.

“Xalqlar Do‘stligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahrining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib yanada chiroyini ochadi. Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini birdamlikka, do‘stlikka va bir oila bo‘lib yashashga da’vat qiladi”, - deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют