» » Toshkent viloyatida o‘rnatilgan yangi foto va video qayd etish texnikasi fevral – aprel orasida salkam 45 ming qoidabuzarlik qayd etdi

Toshkent viloyatida o‘rnatilgan yangi foto va video qayd etish texnikasi fevral – aprel orasida salkam 45 ming qoidabuzarlik qayd etdi


M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘linig 806–871-kilometrlari oralig‘ida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilib, ishga tushurilganligi haqida OAV va internet tarmoqlari orqali haydovchilarni ogohlantirishlarimizga qaramasdan, 2018-yilning 16-fevraldan 24-aprelga qadar 44800 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

15000 nafardan ortiq qoidabuzar haydovchilar belgilangan muddatlarda qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o‘z vaqtida to‘ladi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilayotganligi to‘g‘risida internet tarmoqlari orqali ogohlantirilgan edi. Tadbirda 60 kun ichida jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni avtomashinasini jarima maydoniga qo‘yilishi nazarda tutilgan. Ushbu tadbirning ijrosini ta’minlash maqsadida reyd tashkil etilib, maxsus AUTOCON moslamasida aniqlangan 180 dan ortiq transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют