» » Yozuvchilar uyushmasida Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi

Yozuvchilar uyushmasida Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Ulug‘imsan, Vatanim!”deya nomlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosarlari Minhojiddin Mirzo, G‘ayrat Majid va boshqalar shoirning yorqin xotirasi haqida iliq so‘zlar bildirib, uning o‘zbek she’riyati va qo‘shiqchiligini rivojlantirishda beqiyos o‘rni borligini e’tirof etdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yili Andijon viloyatida dehqon oilasida tavallud topgan. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil olgan. Respublika kitobsevarlar jamiyati, “Toshkent oqshomi” gazetasi, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, “Tafakkur” jurnali hamda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgach, 1998-yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko‘rsatdi.

Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli bo‘lamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug‘imsan, Vatanim” singari o‘ndan ortiq she’riy to‘plami o‘zbek adabiyotining oltin merosiga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют