» » YeChL. Muhammad Saloh va “Liverpul” “Roma”ni sochib tashladi (video)

YeChL. Muhammad Saloh va “Liverpul” “Roma”ni sochib tashladi (video)


24-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda 1/4 finalda Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”sini mag‘lub etgan Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”, “Barselona”ni yutib, katta sensatsiya ko‘targan Rimning “Roma” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv “Roma”ning sobiq a’zosi, hozirda esa “Liverpul” safida javlon urayotgan Muhammad Salohning benefisiga aylanib ketdi. Muhammad Saloh 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Undan qolishmaslikka intilgan Roberto Firmino esa 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani berdi. Yana bir gol Sadio Mane hisobiga yozildi. “Roma”ning javob gollari esa Edin Jeko hamda Diyego Perottilar tomonidan kiritildi.

Shu tariqa Klopp shogirdlari 5:2 hisobidagi yirik g‘alaba bilan, final sari katta qadam tashladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1/2 final dastlabki bellashuvi

24-aprel, seshanba

Gollar 1:0 – 35 Saloh, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 56 Mane, 4:0 – 61 Firmino, 5:0 – 68 Firmino, 5:1 – 81 Jeko, 5:2 – 85, penalti Perotti.

“Liverpul”: Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Oksleyd-Chemberlen (Veynaldum, 18), Xenderson, Milner, Saloh (Ingz, 75), Firmino (Klavan, 90), Mane.

“Roma”: Alisson, Fasio, Manolas, Jezus (Perotti, 67), Florensi, de Rossi (Gonalon, 67), Strotman, Kolarov, Under (Shik, 46), Nainggolan, Jeko.

Ogohlantirishlar: Jezus (26), Aleksander-Arnold (39), Lovren (74), Xenderson (85), Fasio (88).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 02:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют