» » Rossiya federal g‘aznachiligi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga keldi

Rossiya federal g‘aznachiligi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga keldi


Rossiya federal g‘aznachiligi yetakchi boshqarmalari rahbarlaridan iborat delegatsiya joriy yilning 23-aprel kuni Toshkent shahriga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrida vazirliklararo muloqotlar doirasida ishchi guruhlarning uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar kabi moliya sohasi rivoji, xususan, davlat budjetining daromad qismini ijro qilishni takomillashtirish, yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, davlat moliyaviy nazorati va audit, budjet ijrosi jarayonini avtomatlashtirish borasida tajriba almashishlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada bo‘lgan edi. Bunday hamkorliklar doirasida o‘rganilgan tajribalar natijasida bir qator me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va yangi yo‘nalishlarga oid hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi. Jumladan, yagona g‘azna hisobvarag‘ining bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga joylashtirishning elektron axborot tizimlari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda amalga oshirish mexanizmi joriy qilinishi kutilmoqda.

— Memorandum ijrosiga muvofiq moliya va g‘aznachilik organlari ish tajribasini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv va suhbatlar menda katta taassurot qoldirdi, — dedi Rossiya federal g‘aznachiligi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Mixaylik. — Ikki davlatning ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha yaxshi tajribasi bor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bizning asosiy maqsadimiz o‘zbek va rus g‘aznachilari, mutaxassislarining ish tajribasi bilan yaqindan tanishish. Bu tajribalarni ish jarayonida qo‘llash biz uchun ham har jihatdan foydalidir.

Tashrif doirasida mehmonlar Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют