» » Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiga sarmoyalari 8,5 milliard dollardan oshdi

Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiga sarmoyalari 8,5 milliard dollardan oshdi


Bugungi kunda Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiga sarmoyalari 8,5 milliard dollardan oshdi, deb xabar bermoqda Sputnik.

“O‘zbekistonga kiritilgan sarmoyalarning umumiy miqdori 8,5 milliard dollardan oshdi”, — dedi Pokrovskiy.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tovar ayirboshlash bo‘yicha Rossiyaning MDHdagi savdo hamkorlari orasida to‘rtinchi o‘rinda. Xususan, ushbu yilning yanvar-fevral oylarida o‘zaro savdo miqdori 50 foizga oshib 600 million dollardan oshdi. Rossiya eksporti salkam 60 foizga importi esa 28 foizga oshdi.

Pokrovskiy aytishiga qaraganda, o‘zaro savdo-sotiq hajmi oshishiga O‘zbekiston qonunchiligining valyuta, bojxona, soliq sohalaridagi liberallashtiruv hamda o‘zaro savdo-sotiqning hududlar orasida optimallashtiruvi sabab bo‘lgan.

2017-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga asosan metall, yog‘och, qog‘oz, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, mineral mahsulotlar va oziq-ovqatlar olib kelingan. O‘zbekiston esa Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari, poyabzal, asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, metallar va ulardan yasalgan mahsulotlar yetkazib bergan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 25—27-aprel kunlari birinchi yirik Rossiya savdo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga olib chiqish istagida bo‘lgan 150 dan ortiq Rossiya korxonalari ishtirok etadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari “Zarubej-Ekspo” OAJ va O‘zbekiston Savdo sanoat palatasidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют