» » Toshkentda 4 nafar valyutafurush faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkentda 4 nafar valyutafurush faoliyatiga chek qo‘yildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan qo‘shma reja ijrosi yuzasidan Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

1983-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan shaxs internet orqali do‘stlashgan  o‘rtog‘i o‘zining valyutafurush tanishlari orqali katta miqdorda, har bir AQSh dollarini 8 120 so‘mdan qora bozor narxida sotishini taklif qilayotganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab boshqarmaga murojaat qilgan.

Ariza yuzasidan 2018-yil 20-aprel kuni 18:00 da Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida, Yakkasaroy tumanida joylashgan “Birodarlar qabristoni” memorial majmuasi oldida o‘tkazilgan tadbir davomida bir qator shaxslar qo‘lga olindi. Jumladan, 1986-yil Buxoroda tug‘ilgan B.F., 1985-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan T.P., 1979-yil Buxoro viloyatida tavallud topgan R.J. hamda 1990-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan P.S. arizachiga 20 ming AQSh dollarini 8 120 so‘mdan jami 162 400 000 so‘mga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilinishi uchun Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasiga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют