» » O‘zbekistonlik paradzyudochilar Turkiyadagi Jahon kubogida yettita medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik paradzyudochilar Turkiyadagi Jahon kubogida yettita medalni qo‘lga kiritdi


Paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida yettita medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik paradzyudochilar mazkur musobaqada bitta oltin, beshta kumush va bitta bronza medali sohibiga aylandi.

Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozov (-60 kg) oltin, shuningdek, Shirin Sharipov (+100 kg), Feruz Sayidov (-73 kg), Nurbek Mirzayev (-81 kg) kumush va O‘tkir Nig‘matov(-66 kg)lar bronza medal sohibiga aylandi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Feruzaxon Yusupova (+70 kg) kumush, Sevinch Salayeva (-52 kg) esa bronza medali bilan kifoyalandi.

Dunyoning 35 mamlakatidan 224 nafar sportchi ishtirok etgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют