» » “Zomin-Farm”da xitoylik hamkorlar bilan 6 mln dollarlik ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

“Zomin-Farm”da xitoylik hamkorlar bilan 6 mln dollarlik ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi


O‘zbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida farmatsevtika sohasiga doir bitimlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Xitoyning yirik farmatsevtika korporatsiyalari — China Meheco Corparation, China Sinopharm International Corparation, Avic International Ingeneering Company, Ziu Zhi Co, Ltd kabilar bilan muzokaralar olib bordi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari China Sinopharm International Corparation va National Vaccine and Serum Institute vaksina zavodiga tashrif buyurdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda qattiq dori shakllari: tabletkalar, kapsulalar va kukun shakldagi dori vositlarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv — umumiy qiymati 6 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolandi. Loyiha 2018—2020-yillarda “Zomin-Farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikdan qo‘shimcha qilishlaricha, o‘zbek ishbilarmonlarining 18-aprel kuni boshlangan Xitoyga tashrifi 26-aprelga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 150 dan ortiq farmatsevtika korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2500 ga yaqi nomda dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют