» » 26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun

26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun


26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun. Shu munosabat bilan respublika bo‘ylab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, matbuotda adabiy tanqidchilar va ijodkorlar Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilmoqda. Jumladan, 24-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Ulug‘imsan, Vatanim!” deb nomlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yili Andijon viloyatida dehqon oilasida tavallud topgan. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil olgan. Respublika kitobsevarlar jamiyati, “Toshkent oqshomi” gazetasi, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, “Tafakkur” jurnali hamda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgach, 1998-yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko‘rsatdi.

Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli bo‘lamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug‘imsan, Vatanim” singari o‘ndan ortiq she’riy to‘plami o‘zbek adabiyotining oltin merosiga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют